Ozodlik

Bu kun man uchun judayam baxtli, quvonchli kun bo’ldi. Garchi ba’zi bir maishiy muammolar bilan ozgina xayolim sochilgan bo’lsa-da, tushlikka yaqin orzularim, umidlarimning ushalgani sabab baxtlar ummoniga g’arq bo’ldim.

Bugun eng yaqin birodarim, forumimiz a’zosi, do’stim – Sobirjonni ozod etishdi!
Avvaliga do’stimni ko’rib yig’lasam kerak deb o’ylagandim. Lekin unday bo’lmadi. Sobirjon har doimgidek yuzida tabassum bilan biz bilan ko’rishdi.

1 yil. Judayam uzoqqa cho’zilgan bir yil. Va nihoyat yaxshi kunlar keldi. Do’stim yana yonimda. Maslahatgo’yim, sirdoshim bilan yana birgaman…

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *